MENEJMENT TIZIMLARINI SERTIFIKATLASHTIRISH ORGANIeltech.ossm@gmail.com
Bosh sahifa

Biz haqimizda

Tizimli yondashuv.
Ishonchli baholash.

“ELTECH-MALAKA” MChJ — tashkilotlarning menejment tizimlarini amaldagi O‘z DSt ISO 9001:2015 (Sifat menejmenti tizimlari), O‘z DSt ISO 14001:2019 (Ekologik menejment tizimlari), O‘z DSt ISO 45001:2020 (Mehnatni muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash menejmenti tizimlari) va O‘z DSt ISO 50001:2019 (Energiya menejmenti tizimlari) standartlar talablariga muvofiqligini mustaqil baholashni amalga oshiruvchi menejment tizimlarini sertifikatlashtiruvchi organdir.

Sertifikatlashtirish organi zarur bilim, professional tajriba va tegishli sohalarda malakaga ega xodimlar, auditorlar hamda texnik ekspertlarni jalb etadi.

“ELTECH-MALAKA” MChJning asosiy vazifasi menejment tizimlarini xolis va ishonchli baholashdan iborat bo‘lib, bu tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash, ekologik va ishlab chiqarish xavflarini kamaytirish, shuningdek, energetika resurslaridan oqilona foydalanishga ko‘maklashadi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasiPDFni ochish ↗ Yuklab olish ↓
Bizning maqsadimiz

Menejment tizimlarini mustaqil va xolis baholash hamda sertifikatlashtirish orqali tashkilotlarning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish.

Faoliyat tamoyillarimiz

01

Xolislik

Sertifikatlashtirish bo‘yicha qarorlar mustaqil ravishda qabul qilinadi va faqat audit jarayonida olingan obyektiv dalillarga asoslanadi.

02

Kasbiy malaka

Sertifikatlashtirish ishlarini bajarishga kompetentligi belgilangan tartibda tasdiqlangan auditorlar va texnik ekspertlar jalb etiladi.

03

Dalillarga asoslangan baholash

Audit natijalari hujjatlashtirilgan va tekshirilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.

04

Maxfiylik

Sertifikatlashtirish jarayonida olingan ma’lumotlar himoya qilinadi va ulardan faqat tegishli ishlarni amalga oshirish maqsadida foydalaniladi.

05

Buyurtmachi bilan hamkorlik

Biz hamkorlik tartibini tushunarli bayon qilamiz, o‘z vaqtida axborot beramiz va sertifikatlashtirishning barcha bosqichlarida buyurtmachini jarayon haqida xabardor qilib boramiz.

06

Doimiy takomillashtirish

Biz o‘z faoliyatimizni muntazam ravishda tahlil qilamiz hamda sertifikatlashtirish jarayonlarini, xodimlar kompetentligini va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiy ravishda takomillashtirib boramiz.